07 sen 16:25
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Sankt-Peterburg turniri yakkaligidagi ishtirokini yakunladi
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod tennischi Temur Ismoilov Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Grand Palace Cup” musobaqasining yakkalik bahslari ilk davrasida mezbon tennischi Anton Galkinni taslim etgan edi.
Lekin ikkinchi bosqich uchrashuvida ettinchi raketka xisoblangan Ismoilov ukrainalik Maksim Devyatyarovga yutqazib qo'ydi. Ikki soatu 29 daqiqa davom etgan uchrashuvda Maksim 4:6, 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar