14 dek 12:20
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Tailanddagi turnirda ikkinchi davraga chiqdi
Tailandning Bangkok shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan mazkur turnirda hamyurtimiz Temur Ismoilov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
O'zbekiston terma jamoasi azosi musobaqaning ikkinchi raketkasi sifatida harakat qilmoqda. Ismoilov ilk davrada hindistonlik Sanjiv SHanmugamga qarshi kortga chiqdi va 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Malumot uchun, Bangkok turnirining saralash bahslarida ishtirok etgan qolgan tennischilarimiz - SHonig'mat SHofayziev, Pavel Coy va SHarobiddin Abzalov mag'lubiyatga uchrab, asosiy to'rga chiqa olishmagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar