12 dek 12:15
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Tailanddagi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qiladi
Bugun Tailandning Bangkok shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.
Sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan mazkur turnirda hamyurtimiz Temur Ismoilov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
O'zbekiston terma jamoasi azosi musobaqaning ikkinchi raketkasi sifatida harakat qiladi. Ismoilov ilk davrada hindistonlik Sanjiv SHanmugamga qarshi kortga chiqadi.Bangkok turnirining saralash bahslarida ishtirok etgan qolgan tennischilarimiz - SHonig'mat SHofayziev, Pavel Coy va SHarobiddin Abzalov mag'lubiyatga uchrab, asosiy to'rga chiqa olishmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar