15 dek 07:30
Yangiliklar
Tennis

Ismoilovning Tailanddagi kutilmagan mag'lubiyati
Tailandning Bangkok shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan mazkur turnirda hamyurtimiz Temur Ismoilov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi.
Afsuski, musobaqaning ikkinchi raketkasi sifatida harakat qilgan Temur ikkinchi davrada mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. O'zbekiston terma jamoasi azosi saralash bahslaridan asosiy to'rga yo'l olgan koreyalik Kim Jae Xvanga 5:7, 6:7(2) hisobida imkoniyatni boy berdi.
Malumot uchun, Ismoilov ilk davrada hindistonlik Sanjiv SHanmugamga qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:3 hisobida zafar quchgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar