07 dek 19:29
Yangiliklar
Futbol

Ispan klubi Kavani bilan muzokaralarni boshladi
PSJ forvardi Edinson Kavani "Atletiko"ga o'tishga yaqin.
32 yoshli urugvaylik futbolchi Braziliyaga ketishga yaqin turgan Diego Kostaning o'rnini egallaydi.
Xabar berilishicha, "Atletiko" Kavanining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Transfer 20 million evro evaziga amalga oshishi mumkin.
Edinson Kavani joriy mavsum Franciya chempionatida 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar