24 sen 07:24
Yangiliklar

Ispaniya. "Barselona" bu mavsumda ilk bor ochko yo'qotdi
Kataloniya derbisining 19-daqiqasida hisob Lionel Messi tomonidan ochildi - 1:0. Birinchi taymning 35-daqiqasida hakam raqibning yuziga tirsagi bilan urgan "Barselona" himoyachisi Kleman Langlega qizil kartochka ko'rsatdi.
Birinchi bo'lim oxiri va ikkinchi taym boshida Kristian Stuani ikki bor ter Stegen qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilib, "Jirona"ni hisobda oldinga olib chiqdi - 1:2.
O'n kishi bo'lsa ham katta kuch bilan oldinga borgan maydon egalari 63-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Bo'ydor Pike boshi bilan to'p kiritdi - 2:2.
Barselona – Jirona 2:2
23 sentyabr, 23.45, «Kamp Nou»
Gollar: 1:0 – 19 Messi, 1:1 – 45 Stuani, 1:2 – 51 Stuani, 2:2 – 63 Pike.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur (Koutino, 58), Buskets, Vidal (Rakitich, 58), Dembele (Umtiti, 46), Messi, Suares.
Jirona – Bunu, Espinosa, Alkala, Xuanpe, Aday, Portu (Dumbiya, 85), Aleish Garsiya (Garsiya, 46), Granel (Duglas Luis, 72), Pons, Munesa, Stuani.
Ogohlantirishlar: Nelson Semedu (12), Artur (15), Stuani (16), Espinosa (39), Xuanpe (61), Alkala (68), Pike (81)
CHetlatish: Langle (35).
Fikrlar