11 sen 02:35
Yangiliklar

Ispaniya. “Barselona” o'z maydonida debyutantga yutqazib qo'ydi
Amaldagi mamlakat chempioni “Barselona” klubi kutilmaganda o'z maydonida debyutant “Alaves” jamoasiga yutqazib qo'ydi. O'yindagi hisobni 39-daqiqada mehmonlar hujumchisi Deyverson ochdi.
46-daqiqada himoyachi Jeremi Mate muvozanatni tikladi. 64-daqiqada esa Ibai Gomes ikkinchi bor Sillessen qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi.
“BARSELONA” – “ALAVES” 1:2
Gollar: J.Mate 46 – Deyverson 39, Ibai Gomes 64
“Barselona” – Sillessen, Aleish Vidal, Mate, Din, Rakitich, Maskerano, D.Suares (Messi, 60), Buskets, Turan (Inesta, 64), Neymar, Pako Alkaser (L.Suares, 66).
“Alaves” – Pacheko, Ruano, Teo, Garsiya Karnero, Laguardia, Markos Lorente, Femeniya (Vigaray, 74), Mendes (Espinosa, 70), Torres, Ibai Gomes (Kamarasa, 79), Deyverson.
Ogohlantirishlar: Maskerano (55), Garsiya Karnero (72)
Fikrlar