13 avg 07:25
Yangiliklar

Ispaniya Cuperkubogi. "Barselona" irodali g'alabaga erishdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni "Barselona" mavsumni sovrin bilan boshladi. Ispaniya superkubogi uchun bo'lgan bahsda "Sevilya" bilan to'qnash kelgan "Barsa" dastlab o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi. Ammo keyinchalik Pike va Dembele tomonidan kiritilgan gollar kataloniyaliklarga g'alabani taqdim etdi.
Uchrashuvga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda "Sevilya" penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Ammo 11 metrli "nuqta"dan berilgan zarbani Ter SHtegen ushlab olishga erishdi va "Barselona"ga Ispaniya Superkubogini taqdim etdi.
Ispaniya Superkubogi.
Sevilya – Barselona 1:2
«Stad de Tanjer»
Gollar: 1:0 – 9 Sarabiya, 1:1 – 42 Pike, 1:2 – 78 Dembele.
Sevilya – Vaclik, Ker, Gomes, Merkado (Ben-Yedder, 85), Eskudero, Banega, Mesa, Sarabiya (Aleish Vidal, 71), Navas, Vaskes, Muriel (Andre Silva, 60).
Barselona – ter SHtegen, Pike, Nelson Semedu, Alba, Langle, Buskets, Rafinya (Rakitich, 46), Artur (Koutino, 53), Dembele (Vidal, 86), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (16), Vaskes (24), Mesa (69), ter Stegen (90).
Amalga oshirilmagan penalti: 90+1-daqiqada Ben Yedder penaltidan foydalana olmadi (darvozabon).
Fikrlar