07 okt 07:10
Yangiliklar
Ispaniya JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritdi
JCH-2018 saralash bosqichining Evropa mintaqasi G guruhida etakchilik qilib kelgan ispanlar o'z maydonida Albaniyani yirik hisobda taslim etib, muddatidan oldin JCH chiptasini qo'lga kiritishdi.
Birinchi bo'limning o'zida Rodrigo, Isko va Tyago Alkantara tomonidan kiritilgan gollar “Qizil furiya”ga yirik g'alabani taqdim etdi.
Saralash bahslari yakuniga bir tur qolganda ispanlar guruhda eng yaqin taqibchilari Italiya termasidan besh ochko ilgarilab, guruh peshqadami sifatida Rossiyada o'tadilan mundialda qatnashish imkonini qo'lga kiritishdi.
JCH-2018 - Evropa. G guruhi. 9- tur
Ispaniya – Albaniya 3:0
Gollar: 1:0 – Rodrigo – 16, 2:0 – Isko – 23, 3:0 – Alkantara – 26
Italiya – Makedoniya 1:1
Gollar: 1:0 – Kellini – 40, 1:1 – Traykovski – 77
Lixtenshteyn – Isroil 0:1
Gol: 0:1 – Tibi – 21
Turnir jadvali:
1. Ispaniya - 25 ochko;
2. Italiya - 20;
3. Albaniya - 13;
4. Isroil - 12;
5. Makedoniya - 8;
6. Lixtenshteyn - 0.
Fikrlar