05 jan 07:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/26045_220.jpg)
Ispaniya Kubogi. “Barsa” ikkinchi tarkibi bilan durang o'ynadi, “Vilyarreal”da mag'lubiyat
“Barselona” safarda “Selta” mehmoni bo'lib, durangga imzo chekdi. Kataloniyaliklarning bir qator etakchi futbolchilari ushbu o'yinda ishtirok etishmadi.
“Vilyarreal” esa kutilmaganda safarda “Leganes”ga imkoniyatni boy berdi. Javob uchrashuvlari 11 yanvar kuni o'tkaziladi.
Ispaniya kubogi. 1/8 final. Birinchi uchrashuv
Leganes – Vilyarreal 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 49 Amrabat.
Leganes – SHampan, Bustinsa, Raul Garsiya, Tito, Siovas, Pires, El-Jar (Mantovani, 89), Amrabat (Bovyu, 57), Gumbau, Naranxo, Peres (Eraso, 46).
Vilyarreal – Barbosa, Alvaro Gonsales, Rukavina, Mario Gaspar, Pau Torres, Kastilexo, Gerra (Rodri Ernandes, 75), CHerishev (Fornals, 68), Trigeros, Raba, Unal (Bakka, 61).
Ogohlantirishlar: Peres (32), Alvaro Gonsales (67), Siovas (90).
Selta – Barselona 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 15 Xose Arnais, 1:1 – 31 Sisto.
Selta – Alvares, Gomes, Kastro (Ronkalya, 82), Malo, Fontas, Vass (Brais Mendes, 68), Lobotka, Xosabed, Sisto (Mor, 67), Aspas, Maksi Gomes.
Barselona – Sillessen, Vermalen, Pike, Din, Aleish Vidal (Serdji Roberto, 76), Andre Gomesh, Buskets, Denis Suares, Paulino (Rakitich, 71), Xose Arnais (Dembele, 72), Nelson Semedu.
Ogohlantirishlar: Fontas (26), Andre Gomesh (64).
Fikrlar