28 jan 11:16
Yangiliklar
Futbol

Ispaniya Kubogi. “Barselona” 1/2 finalda “Atletiko” bilan o'ynaydi
Ispaniya Kubogining 1/2 final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Etiborlisi, kubok uchun asosiy davogar bo'lgan “Barselona” va “Atletiko” klublari bu bosqichda bir-birlariga qarshi maydonga tushadigan bo'lishdi.
Demak, muxlislar final oldi finalga guvoh bo'lishadi. “Real” klubini musobaqadan chiqarib yuborgan “Selta” jamoasi esa 1/2 finalda “Alaves” bilan to'qnash keladi.
Ispaniya Kubogi. 1/2 final:
“Selta” – “Alaves”
“Atletiko” – “Barselona”
Ilk uchrashuvlar 1 fevral kuni “Selta” va “Atletiko” jamoalari maydonida bo'lib o'tadi. 8 fevralda esa javob uchrashuvlari o'tkaziladi. Final bahsi 27 mayga belgilangan.
Havola :
Fikrlar