26 may 03:10
Yangiliklar

Ispaniya kubogi. "Barselona" finalda "Valensiya"ga imkoniyatni boy berdi
Qizg'in va keskin kurashlar ostida o'tgan bahsda "Valensiya" birinchi bo'limda ikkita gol urib, hisobda o'z ustunligini mustahkamlab oldi. Dastlab Gameyro hisobni ochgan bo'lsa, oradan 11 daqiqa o'tib Rodrigo farqni ikkitaga oshirgandi. Tanaffusdan so'ng Messi ikkinchi bo'lim o'rtasida farqni qisqartirdi. Ammo bahs yakuniga qadar "Barselona" muvozanatni tiklovchi golni urishni uddasidan chiqmadi va natijada "Valensiya" Ispaniya Kubogida g'olib chiqdi.
Ispaniya Kubogi
Final
Barselona – Valensiya 1:2
25 may, 23:59, «Benito Vilyamarin»
Gollar: 0:1 – 21 Gameyro, 0:2 – 33 Rodrigo, 1:2 – 73 Messi.
Barselona – Sillessen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto, Koutino, Buskets, Artur (Vidal, 46), Rakitich (Alenya, 76), Nelson Semedu (Malkom, 46), Messi.
Valensiya – Domenek, Gabriel, Garay, Gayya, Soler, Vass, Koklen, Parexo (Kondogbia, 65), Gedesh, Rodrigo (Diakabi, 88), Gameyro (Pichchini, 72).
Ogohlantirishlar: Gayya (53), Buskets (61), Kondogbia (70), Vidal (89).
Fikrlar