16 jan 09:49
Yangiliklar
Futbol
Ispaniya Kubogi. “Betis” – “Sevilya” o'yini oxiriga etmay qoldi. Mehmonlar futbolchisiga plastik buyum uloqtirishdi
Ispaniya Kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan “Betis” – “Sevilya” uchrashuvi oxiriga etmay qoldi.
39-daqiqada mezbonlar Nabil Fekirning burchak to'pidan kiritgan chiroyli to'pi evaziga hisobni (1:1) tenglashtirishdi. “Betis” azolari golni nishonlayotgan vaqtda mehmonlar azosi Joan Jordanga tribunadan plastik tayoq uloqtirildi.
Uchrashuv bosh hakami Rikardo Bengoechea mazkur tartibsizlik tufayli o'yinni vaqtincha to'xtatishga qaror qildi. Keyin esa Ispaniya qirollik futbol federaciyasi “Benito Vilyamarin”dagi o'yin davom etmasligi haqida bayonot berdi. Katta ehtimol bilan tashkilot “Betis”ga qarshi chora ko'radi.
Havola :
Fikrlar