25 jan 07:15
Yangiliklar
![](/upload/storage/27413_220.jpg)
Ispaniya kubogi. “Real” o'z uyida “Leganes”ga yutqazdi va yarim finalga chiqa olmadi
Unda "Real" klubi o'z muxlislari ko'z o'ngida "Leganes" jamoasini qabul qildi. Jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yin 1:0 hisobida Zinedin Zidan shogirdlari foydasiga hal bo'lgandi.
Ammo javob uchrashuvida "Qirollik klubi" futbolchilari o'z maydonlarida o'ynaganliklariga qaramay, “Leganes”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Bu bilan ular ikki o'yin natijasiga ko'ra kubok bahslarini tark etishdi.
Real – Leganes 1:2 (Birinchi o'yin - 1:0) Gollar: Benzema, 47 – Eraso, 31, Gabriel, 55 Real Madrid: Kasilya – Ashraf (Karvaxal, 68), Ramos, Nacho, Teo – Asensio, Kovachich, Lorente (Modrich, 69) - Lukas, Benzema, Isko (Mayoral, 77) Leganes: SHampan – Tito, Diego Riko, Siovas (Mantovani, 58), Bustinsa - Gabriel, Brashanac - El Jar (Naranxo, 81), Eraso, Amrabat (Raul Garsiya, 70) – Bovyu Ogohlantirishlar: Tito, SHampan
Fikrlar