19 jan 09:10
Yangiliklar

Ispaniya Kubogi. “Real” o'z uyida “Selta”ga yutqazdi
Muhtasham “Santyago Bernabeu” stadionida o'tgan uchrashuvda “Qirollik klubi” futbolchilari raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
Mehmonlardan Yago Aspas va Xonni “Real” darvozasini ishg'ol qilishdi. Yagona javob to'pini esa Marselo kiritdi. Bu bilan madridliklar ketma‑ket ikkinchi mag'lubiyatni qabkl qilib olishdi.
“Selta” va “Real” jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi 25 yanvar kuni Vigo shahridagi “Balaidos” stadionida bo'lib o'tadi.
Real Madrid – Selta 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 64 Aspas, 1:1 – 69 Marselo, 1:2 – 70 Kastro.
Real Madrid – Kasilya, Varan, Marselo, Danilo (Benzema, 80), Ramos, Kroos, Kazemiro, Asensio (Morata, 53), Modrich, Vaskes (Kovachich, 71), Ronaldu.
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Ronkalya, Radoya, Dias, Ernandes, Vass (Gvidetti, 89), Bongonda (Sisto, 87), Aspas (Gomes, 82).
Ogohlantirishlar: Ramos (6), Dias (42), Ernandes (45).
Fikrlar