06 apr 21:50
Yangiliklar

Ispaniya. "Real" irodali g'alabaga erishdi + VIDEO
Uchrashuvning birinchi bo'limi mehmonlar foydasiga (0:1) yakunlandi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa "blankoslarning" franciyalik hujumchisi Karim Benzema dubl qayd etib, jamoasiga muvaffaqiyat olib keldi. Mazkur zafardan so'ng, "Real" 60 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rindagi "Atletiko" bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirdi.
"Real" – Eybar 2:1
Gollar: 0:1 – 39 Kardona, 1:1 – 59 Benzema, 2:1 – 81 Benzema.
"Real" – Navas, Odriosola, Nacho, Varan, Regilon, Isko (Braim Dias, 90), Modrich (Vaskes, 76), Asensio, Valverde, Beyl (Kroos, 77), Benzema.
"Eybar" – Dmitrovich, Xose Anxel, Paulu Oliveyra, Ramis (Orelyana, 54), Kukurelya (SHarles, 84), Eskalante, De Blasis, Alvares, Jordan, Kardona (Penya, 72), Enrik.
Ogohlantirishlar: Paulu Oliveyra (21).
Fikrlar