30 okt 09:56
Yangiliklar

Ispaniya. "Real" Kataloniyada mag'lubiyatga uchradi
O'yinning 12-daqiqasida Ronalduning zarbasini Bunu qaytardi, ammo qaytgan to'pga Isko birinchi bo'lib etib bordi va hisobni ochdi - 0:1!
Bahsning 54-daqiqasida esa mezbonlar hujumchisi Stuani raqib darvozasini ishg'ol qilib, muvozanatni tikladi - 1:1! 58-daqiqada Portu "Qirollik klubi" darvozasiga gol kiritib, jamoasiga tarixiy g'alabani taqdim etdi.
La Liga.
"Jirona" - "Real" 2:1 (0:1)
Gollar: Isko 12, Stuani 54, Portu 58.
"Jirona" – Bunu, Espinosa, Xuanpe, Munesa, Aday, Pons, Portu (Kayode 82), Garsiya (Timor 75), Granel, Maffeo, Stuani (Mojika 88).
"Real" – Kasilya, Varan (Nacho Fernandes 46), Marselo (Vaskes 66), Xakimi (Asensio 66), Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Modrich 45, Aday 87
Fikrlar