25 dek 19:08
Yangiliklar
Futbol
Ispaniya terma jamoasi futbolchisi qishda jamoasini o'zgartirmoqchi
Zagrebning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Daniel Olmo qishki transferlar oynasida jamoasini o'zgartirmoqchi.
"O'tgan yoz faoliyatimni yangi bosqichda boshlash uchun qulay vaqt edi. Men CHempionlar Ligasida o'ynash uchun qoldim. Ammo, hozirga kelib mening "Dinamo"dagi yo'lim yakunlanmoqda deb o'ylayman. Yanada o'sishni xohlayman", - deydi Olmo.
Qayd etish kerakki, 21 yoshli futbolchi shu yildan Ispaniya terma jamoasiga chaqirila boshladi. Unga "Barselona" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Daniel Olmo "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar