04 sen 10:07
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/132670_220.jpg)
Ispaniya terma jamoasi milliy rekord o'rnatdi
Millatlar Ligasi 1-turida Ispaniya termasi Germaniya bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Uchrashuvda ispanlarning hisobni tenglashtiruvchi goliga 95-daqiqada Xose Gayya mualliflik qildi. Ushbu gol sabab ispanlarning golli o'yinlar ceriyasi 41 taga etdi. Bu esa milliy rekord hisoblanadi.
Ispaniya termasi so'nggi bor gol ura olmagan o'yin 2016 yil 27 iyunga to'g'ri keladi. O'shanda ispanlar Evropa chempionati 1/8 finali doirasida Italiyaga 0:2 hisobida yutqazgandi.
Havola :
Fikrlar