29 apr 07:06
Yangiliklar

Ispaniyada 4 may kunidan mashg'ulotlarga ruxsat berilishi kutilmoqda
"Marca" xabariga ko'ra, chempionatni qayta boshlash 4 bosqichda amalga oshadi. Dastlabki bosqich 4 may kunida boshlanadi. Ushbu kundan etiboran futbolchilarga klub bazasiga qaytishga va individual mashg'ulotlar o'tashiga ruxsat beriladi.
18 may kunidan etiboran futbolchilar guruh bo'lib mashg'ulotlarni boshlashadi. Dastlab har bir guruhda 6 nafardan futbolchi bo'lsa, 25 may kunidan bu 8 nafargacha oshiriladi. Uchinchi faza 1 iyul kuni boshlanadi.
Agarda epidemiologik holat yaxshi bo'lsa, futbolchilar to'liq tarkibda mashg'ulotlarni boshlaydi. 5 iyundan etiboran LaLiga o'yinlari muxlislarsiz tribunalar ostida boshlanadi. Agarda bunga hukumat ruxsat bermasa, start 12 iyun kunida amalga oshishi mumkin.
Fikrlar