21 iyu 18:21
Yangiliklar
Futbol

Ispaniyada futbolchi ayanchli tarzda halok bo'ldi
"Las-Palmas" futbolchisi Xorxe Sanches Vaka 17 yoshida halok bo'ldi.
"Sanches Vaka kelasi mavsumda yoshlar jamoamiz azosiga aylanishi kerak edi. Uning o'limi sababli oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Bugun "Las Palmas" tarixidagi qora kunlardan biri. Hissiyotlarimizni tariflab bera olmaymiz", - deb yoziladi klub bayonotida.
"Marca" xabariga ko'ra, Vaka hamda 15 yoshli do'sti Badaxosdagi Orelyana kanalida cho'milayotgan paytda cho'kib ketgan.
Havola :
Fikrlar