05 may 07:37
Yangiliklar
Futbol

Ispaniyada iyunning boshida mavsum qayta start olishi mumkin
Ispaniya LaLigasi mavsumni qayta boshlash borasidagi rejalarni malum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu haftada barcha klublar tibbiy proceduralarda bo'lishadi va keyinchalik mashg'ulotlarga qaytishadi.
Qayd etilishicha, liga rahbariyati sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda futbolchilarni koronavirusdan asrash borasida rejalar ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, liga taxminan bir oydan keyin qaytishi mumkin.
Demak, iyun oyining boshlarida LaLiga qayta boshlanishi kutilmoqda. Jamoalarning oldida 11tadan o'yin qolgan.
Havola :
Fikrlar