08 may 18:52
Yangiliklar
Futbol

Ispaniyada o'yin paytida yangi qoidalarga ruxsat berildi
La Liganing joriy mavsum qolgan o'yinlarida yangilik bo'ladi.
COPE'ning malumotiga ko'ra, Ispaniya qirolligi futbol federaciyasi (RFEF) o'yin paytida 5tacha o'zgarish amalga oshirishga ruxsat berdi.
SHuningdek, qaydnomada 18dan 23 nafargacha futbolchilar bo'lishiga ruxsat berildi. Bahs davomida futbolchilar suv ichib olishlari uchun ikki marta pauza bo'ladi.
Ushbu qarorlar Ispaniyaning ikkinchi divizioni - Segundaga ham taaluqlidir. Qarorlar o'yinchilarning ancha vaqtdan beri o'ynamayotganligi uchun jarohat olish imkoniyatini kamaytirish maqsadida qabul qilindi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq, Xalqaro futbol uyushmasi (IFAB) shu kabi o'zgarishlar kiritishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar