01 iyu 12:10
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/41225_220.jpg)
Ispaniyalik murabbiy Rossiyaga qarshi o'yin oldidan qanday fikrda?
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernando Yerro bugun Rossiyaga qarshi o'tkaziladigan 1/8 final uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Rossiya safida yaxshi saviyada o'ynay oladigan futbolchilar etarli. Baland bo'yli futbolchilarni alohida takidlagan bo'lardim. Mezbonlar rang-barang futbol namoyish etishadi. Ularning zaif tomonlarini topishimiz va shu tomondan jazolashimiz kerak.
Rossiyaga qarshi Sankt-Peterburgda o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvimizda katta bosim ostida o'ynashimizga to'g'ri kelgandi. O'sha uchrashuv bilan taqqoslaganda, rossiyalik futbolchilar mundialda umuman boshqacha o'yin namoyish etishyapi.
Balki, ular taktikani o'zgartirishar, maydon markazida kuchli pressingni yuzaga keltirishar. Afsuski, men Stanislav CHerchesovning miyasidagi fikrini o'qiy olmayman”, - dedi Yerro.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar