29 noy 08:47
Yangiliklar
Tennis
Ispaniyani mag'lub etgan Rossiya "Devis Kubogi" 1/4 finaliga chiqdi
Tennis bo'yicha erkaklar terma jamoalari o'rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogida guruh bosqich bahslari yakuniga etdi.
CHempionlik uchun asosiy davogar Rossiya terma jamoasi guruhning so'nggi uchrashuvida Ispaniyadan ustun keldi. Andrey Rublyov va Aslan Karacev juftlik bahsida Marsel Granolers hamda Felisiano Lopes hamkorligidan ustun keldi - 4/6, 6/2, 6/4.
SHu tariqa, terma jamoalar o'rtasidagi uchrashuv hisobi 2:1 ko'rinishiga keldi va Rossiya chorak final ishtirokchisiga aylandi. Ular bu bosqichda SHveciyaga qarshi bahs olib borishadi. Bu juftlik g'olibi 1/2 finalda Buyuk Britaniya yoki Germaniyaga qarshi kortga chiqadi. Ispaniya esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar