So’nggi yangiliklar

18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0

25 jan 09:41
Yangiliklar

Dzyudo

Isroil Gran-prisi. Medallar jamg'arish bo'yicha kim peshqadam?

Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha Isroil Gran-prisi davom etmoqda.

Yilning dastlabki nufuzli musobaqasida kecha birinchi kungi bahslar o'tkazildi va jami 5ta vazn toifasida g'olib hamda sovrindorlar nomi malum bo'ldi. 

Hozircha birinchi kungi natijalarga ko'ra, medallar jamg'arish bo'yicha Isroil terma jamoasi peshqadamlik qilyapti. Mezbonlar 2ta oltin, 1ta kumush medalini qo'lga kiritishdi. Ular hisobida bittadan beshinchi va ettinchi o'rinlar ham bor. 

Belgiya, Italiya va Kosovo terma jamoalari bittadan oltin medalga ega bo'lishdi. Ukrainada 2ta kumush, Rossiyada 1ta kumush, 2ta bronza, Gollandiyada 1ta kumush medali bor. 

Franciya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Bolgariya, Ispaniya, Braziliya, Ruminiya va SHveycariya terma jamoalari hozircha bittadan bronza medaliga ega bo'lib turishibdi. Jami 15ta davlat dzyudochilari kamida bitta medalni qo'lga kiritib ulgurishdi. 

Bittadan beshinchi o'ringa ega Ozarbayjon, Portugaliya, Sloveniya hamda O'zbekiston terma jamoalari hozircha 16-19 -o'rinlarni band etishgan va o'ylaymizki, bugungi natijalardan so'ng terma jamoamiz medallar jamg'arish bo'yicha o'z o'rnini sezilarli darajada yaxshilab oladi.

Malumot uchun, 2019 yilning dastlabki nufuzli musobaqasi hisoblangan Isroil Gran-prisining umumiy mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib dzyudochilar pul mukofotidan tashqari Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim 700 reyting ochkosini o'z hisoblariga qo'shib qo'yishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing