So’nggi yangiliklar

17:54Хамзат Чимаев Москвада жанг қилади! Рақиб ҳам аниқ (ПОСТЕР) 0 17:15Ўзбекистонда UFC турнири ўтказилса, марказий жангда қайси ҳамюртимиз иштирок этиши маълум 0 16:33"Бунёдкор"да пул йўқ: Тошкент клуби Навоийга бора олмайди 0 15:50Мирафзал Ахтамовнинг PFL Лигасидаги кейинги рақиби, жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 15:07Баскетболчи қизларимиз Осиё ўйинларидаги рақибларини билиб олди 0 14:27Жон Жонс Федор Емельяненкони мағлуб этган бўлиши мумкинлигини айтди 0 13:50Мурод Алиев "Пахтакор" билан ўйинда кўтарилган баннер ҳақида: "Шу ерда раҳбар бўлиб нотўғри иш қилаётган жойимиз йўқ" 0 13:17Расман! Лазизбек Мулложоновнинг проф боксдаги кейинги жанги тасдиқланди. У Жалоловнинг собиқ рақиби билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:49Қозоғистон дзюдо терма жамоаси Осиё ўйинлари учун таркибини эълон қилди 0 12:24Ислам Махачев: "Конор Макгрегордан кўнглим қоляпти" 0 11:55ФИФА Аргентина терма жамоасига нисбатан учта банд бўйича суриштирув бошлади 0 11:17Пойтахтимизда 600 нафардан зиёд таэквондо усталарини бир нуқтада бирлаштирган "Tashkent Summer Camp-2026" йиғини ўтказилмоқда 0 10:43UFC 330 турнири яна бир жангини йўқотди 0 10:06Бектемир Мелиқўзиев ESPN рейтингидан жой олди 0 09:34Ўзбекистон МТЖ аъзоси жароҳат сабабли камида бир ой майдонга тушмайди 0

27 jan 09:21
Yangiliklar

Dzyudo

Isroil Gran-prisi medalsiz, lekin qimmatli ochkolar bilan yakunlandi

Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qilgan yilning dastlabki nufuzli musobaqasi - Isroil Gran-prisi yakunlandi.

Ushbu musobaqada sayyoramizning 5ta qitasi 54 davlatidan 400 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etdi. Ular orasida 18 nafar dzyudochimiz ham medallar hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun bahs olib borishdi. 

Afsuski, Isroil Gran-prisida medal bo'lmadi. Turnirdagi biz uchun eng yaxshi natijani -66 kg vazn toifasidagi Sardor Nurullaev hamda eng og'ir - +100 kg vazndagi polvonimiz, Abdulla Tangrievning izdoshi sifatida qaralayotgan Bekmurod Oltiboev qayd etdi. Har ikki vakilimiz bronza medali uchun kechgan bahslarda imkoniyatni boy berib, beshinchi o'rin bilan kifoyalanishdi. Ular Tokio-2020 yo'lidagi qimmatli 252 reyting ochkosiga ega bo'lishdi. Bu esa har ikki dzyudochimizning jahon reytingidagi o'rinlarining yaxshilanishiga zamin yaratadi.  

Hamyurtlarimizdan Gulnoza Matniyazova ettinchi o'rinni band etdi. Xorazmlik sportchi qizimiz bronza medali uchun kechgan bahslarning dastlabkisida irlandiyalik Megan Fletcherga yutqazib qo'ydi va ettinchi o'rin bilan kifoyalandi. Matniyazova medalsiz qolgan bo'lsa-da, Tokio-2020 Olimpiadasi uchun muhim hisoblangan 182 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. G'iyosjon Boboev esa 112 ochkoga ega bo'ldi. SHerali Jo'raev, SHahram Ahadov Gran-pridan 70 ochko ishlab olishdi.

SHu tariqa, o'zbekistonlik sportchilarning tunirdagi ishtiroki yakunlandi. Afsuski, dzyudochilarimiz musobaqani medalsiz yakunlashdi. Isroil Gran-prisi joriy yil hisobidan ilk xalqaro turnir bo'lgani uchun ham dzyudochilarimizning natijalari murabbiylarimiz kutganchalik bo'lmadi. 

O'ylaymizki, mavsumning ilk ishtirokidan tegishli xulosalar chiqariladi. Murabbiylar kengashi har bir bahsni muhokama qiladi. Bu esa keyingi xalqaro musobaqalarda natijalarning ijobiy tomonga o'zgarishiga zamin yaratadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing