24 jan 07:47
Yangiliklar
Isroil Gran-prisi. Tel-Avivda ilk mashg'ulot o'tkazildi FOTO
Terma jamoamizning 18 nafar azosi tajribali murabbiylar - Farhod To'raev, Kamol Murodov va Rafgat Izmaylov qo'l ostida shug'ullanishdi. Dzyudochilarimiz kunning birinchi yarmida dengiz bo'yida engil chigalyozdi mashg'ulot o'tkazishdi. Ruhiy tayyorgarlikka ham alohida etibor qaratildi.
SHu bilan birga murabbiylar nazariy mashg'ulotda sportchilar bilan suhbatlashishdi. Ularning kayfiyatlari alo darajada va o'ylaymizki, bugundan boshlanadigan bahslarda natijalar shunga monand bo'ladi.
Malumot uchun, 2019 yilning dastlabki nufuzli musobaqasi hisoblangan Isroil Gran-prisining umumiy mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib dzyudochilar pul mukofotidan tashqari Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim 700 reyting ochkosini o'z hisoblariga qo'shib qo'yishadi.
Fikrlar