So’nggi yangiliklar

15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:54Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0

25 jan 07:49
Yangiliklar

Dzyudo

Isroil Gran-prisining birinchi kunidagi ishtirokimiz qanday bo'ldi?

Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning birinchi kungi bahslari bo'lib o'tdi.

Kecha erkaklar -60 va -66, ayollar esa -48, -52 hamda 57 kg vazn toifalarida medallar uchun bahs olib borishdi. Dzyudochilarimizdan 7 nafari 4ta vazn toifasida tatamiga chiqishdi. Ulardan eng yaxshi natijani -66 kg vazn toifasidagi polvonimiz Sardor Nurullaev qayd etdi. U yarim finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib yakunda 5-o'rinni qo'lga kiritdi. 

Sardor ikkinchi bosqichda argentinalik Tal Almogni, keyin slovakiyalik Matey Polyakni, chorak finalda jahon chempionati sovrindori franciyalik Matiash Busharni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi. Final ostonasida esa ukrainalik Bogdan Yadovga yutqazib qo'ydi. Bronza medali uchun kechgan uchrashuvda rossiyalik Islam Xametovning qo'li baland keldi. SHunga qaramay, Sardor Nurullaev Tokio-2020 yo'lidagi qimmatli 252 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. Bu esa uning jahon reytingidagi o'rnining yaxshilanishiga zamin yaratadi.

Ushbu vazn toifasidagi yana bir vakilimiz istedodli SHahram Ahadov o'z ishtirokini ikkinchi davradan boshladi va braziliyalik taniqli dzyudochi Diego Santosni engdi. Lekin keyingi bosqichda ozarbayjonlik Orxan Safarovga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. SHahram Gran-pridagi ishtirokidan 70 reyting ochkosi ishlab oldi. Bu vaznda italiyalik Manuel Lombardo chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi. 

-60 kg vaznda ham yurtimiz sharafini ikki sportchimiz himoya qildi. Kemran Nurullaev murosasiz bahsda braziliyalik taniqli dzyudochi Felipe Kitadaiga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Rahmon Jumaev turkmanistonlik raqibi Haqberdi Jumaevni mag'lubiyatga uchratdi. Jumaev ikkinchi bosqichda britaniyalik Eshli Makkenziga yutqazib qo'ydi. 

Ayollar o'rtasida -52 kg vazn toifasida qatnashgan Gulnoza Ziyaeva ilk bosqichda ispaniyalik Sofiya Xogrefedan ustun keldi. Ikkinchi davrada esa AQSH vakilasi Anjelika Delgadoga yo'lni bo'shatib berdi. Bu vazndagi ikkinchi vakilamiz Diyora Keldiyorova ham ikkinchi ikkinchi davrada yurishini to'xtatdi. O'smirlar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan Diyora italiyalik Martina Kastognoladan ustun keldi. Ammo, tajribali mezbonlar vakilasi Gefen Primodan engildi. -57 kg vazndagi vakilamiz Amina Mamedova birinchi davrada italiyalik Martina Loga yutqazdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing