04 sen 10:13
Yangiliklar
Isroil Madrimov o'zbek bayroqdorlariga oid nohush ananani buzdi!
Bunday vazifa har qanday sportchiga ham nasib etavermaydi. Ammo buning o'ziga yarasha katta masulyati, javobgarligi bor. Sen o'z vataning bayroqdorimisan? Demak, yakunda eng yaxshi natijani ko'rsata olishing kerak!
Milliy Olimpiya qo'mitasi Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida ushbu sharafli vazifani to'rt yil oldingi musobaqada kumush medal egasiga aylangan bokschi, Osiyo chempioni hisoblangan Isroil Madrimovga ishonib topshirgandi. Bu o'z navbatida sportchi uchun kutilmagan holat bo'lgandi: «Bu men uchun sharaf. Bayroqdor bo'lishni har bir sportchi orzu qiladi. Men ham bu haqida orzu qilgandim. Biroq, bizda istedodli sportchilar juda ko'p bo'lgani sabab, men uchun kutilmagan yangilik bo'ldi. O'zimga bildirilgan ishonchni oqlab, yakunda vatanimizga chempion sifatida qaytaman».
Bokschimiz musobaqa davomida juda ishonchli harakat qildi va finalgacha etib bordi. Oltin medal uchun kurashda esa uni jiddiy raqib kutib turardi. Tasodifni qarangki, Abilxan Amankul Qozog'iston sport delegaciyasining bayroqdori edi. Hal qiluvchi jangda Isroil qo'shnilarimizning eng ishongan sportchisini mag'lub etdi va Osiyo o'yinlari g'olibiga aylandi.
Etiborlisi, ushbu oltin medal orqali Isroil O'zbekiston bayroqdorlariga oid nohush bir ananani buzishga muvaffaq bo'ldi. 1994 yildan buyon Osiyo o'yinlarida bayroqdor bo'lgan sportchilarimiz yakunda oltin medalga ega chiqa olmagandilar. Demak, Isroil bu borada birinchi bo'ldi. Umid qilamizki, bundan buyon bayroqdorlarimiz Madrimov boshlab bergan ushbu yoqimli ananani davom ettiradilar.
Fikrlar