So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

04 okt 23:52
Yangiliklar

Boks/MMA

Isroil Madrimov Qozog'iston OAVsiga intervyu berdi: Golovkin bilan hamkorlik, o'zbek - qozoq qarama qarshiligi va boshqa mavzular haqida

Teglar :  BoksIsroil Madrimov
Professional bokschimiz Isroil Madrimov prof boksdagi navbatdagi jangi oldidan vesti.kz muxbiriga intervyu berdi.

- Isroil, raqib haqida nima deya olasiz? Navbatdagi nokautga tayyormisiz?

- Alexandro Barrera yaxshi raqib, tajribali. Prof ringda 30 dan ortiq jang o'tkazgan. Uning janglarini ko'rdim, pastdan yaxshi zarba bera oladi. Jang yaxshi bo'ladi. Men yaxshi tomonlama o'zimni ko'rsatib, yaxshi nokaut evaziga g'alaba qozonmoqchiman. 


- Golovkin bilan bir oqshomda ikkinchi marotaba jang qilasiz. Hamkorligingiz qanday boshlandi?

- Yashirib o'tirmayman, bungacha xech qachon Gennadiy Golovkin bilan uchrashaman deb o'ylamagandim. Ringda Tecate yozuvi bo'ladigan shouda ishtirok etishni qachonlardir orzu qilardim. Mana orzular ushalmoqda va men Golovkinning anderkartida jang qilyapman. Bu men uchun sharaf. Promouterim Andrey Ryabinskiy men uchun yaxshi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Men prof ringda uchta jang o'tkazdim, shunday bo'lsada menga qiziqa boshlashmoqda. 

- Siz yaqinda ijtimoiy tarmoqda Gennadiy sevimli bokschingiz ekanligi haqida gapirdingiz. U ishtirokida tomosha qilgan jangingizni eslay olasizmi?

- Men anchadan buyon Golovkinni kuzataman. CHunki, uning o'zgacha jang uslubi bor. Uning zarbasi juda yaxshi, u nokautchi. O'zi ham yaxshi inson. Uni hayotda uchratganimda shokka tushgandim desam ham bo'ladi. Men ham Gennadiy Golovkin kabi bo'lishni istayman. U hayotda ham, sportda ham yaxshi inson. Bazida mashg'ulotlarda uning zarbalarini takrorlashga urinaman. 

Biz tashqi tomonlama bir-birimizga o'xshashimizni aytishadi. 


- Kelajakda vazningizni o'zgartirishni rejalashtirmayapsizmi?

- Avvalo shu vaznda chempion bo'lishim kerak. Ammo kelajakda vaznimni almashtirgan bo'lardim.


- Professional boksga o'tganingizdan so'ng qozog'istonlik Tursunbay Qulaxmetga mag'lub bo'ldingiz. Uni JCHda kuzatdingizmi?

- Men u bilan ikki marotaba jang qilganman. Birinchisi - Prezident kubogida. O'shanda g'alaba qozongandim. Ikkinchisi esa Osiyo chempionatida bo'lgandi, yutqazib qo'ygandim. Ammo, o'sha payt men professional boksga o'tganimga yarim yil bo'lgandi. O'sha paytda uslubimni o'zgartirgandim va ortga qaytish biroz qiyin bo'lgandi. Boshqa qo'lqoplar, boshqa temp. Qulaxmet yaxshi bokschi. Unga omad tilayman. U yaqinda JCH sovrindori bo'lganini bilaman. Menga Qozog'iston terma jamoasidan shuningdek Abilxan Amanqul yoqadi. U bilan Osiyo o'yinlari finalida jang qilgandik. 

- Rasmiy musobaqalarda Qozog'iston va O'zbekiston qarama-qarshiligi bor. O'zbekistonda ham Qozog'istonning qo'lga kiritgan medallarini kuzatib o'tirishadimi?

- SHunday. Bu uzoq vaqtdan buyon bor. Barcha musobaqalarda o'zbeklar va qozoqlar kim ko'proq medal olishi, kim umumjamoa hisobida yuqori bo'lishini kuzatib turishadi. Jahon chempionatida yigitlarimiz muvaffaiyatli ishtirok etishdi, bundan juda xursand bo'ldim. Bizning Bahodir Jalolov chempion bo'ldi va musobaqaning eng yaxshi bokschisi bo'ldi. U finalda aynan qozog'istonlik Kamshibek Konkabaevdan ustun keldi. Ular ancha vaqtdan buyon bir-biriga raqobatchi hisoblanishadi. 


- Qozog'istonda sizni prof ringdagi faoliyatingizni kuzatib borishlarini bilasizmi?

- Bilaman, Sobiq Ittifoq mamlakatlarida kuzatishmoqda. Endi Gennadiyga o'xshab Amerikada mashhurlikka erishmoqchiman. SHuning uchun yaxshi boks ko'rsatishim lozim. Yana inglizchani ham o'rganish kerak. 

- Sizni "O'zbekistonlik Monstr" deb atashlariga qanday munosabatdasiz?

- Meni shunchaki yaxshi bokschi deb atashlari etarli bo'lardi. 


- "O'zbekistonlik Monstr" yaxshi bola.

- Agar sen "Monstr" bo'lsangda yaxshi insonligingcha qolishing lozim (kuladi). Ikkinchi jangimda venesuelalik Frenk Roxasni ikkinchi raundda nokaut qilib, WBA InterContinental kamarini qo'lga kiritganimdan so'ng o'z uslubimda salto amalga oshirgandim. Ammo o'shanda raqibim yomon axvolda ekanligini bilmaganman. Agar bilganimda bunday qilmagan bo'lardim. Promouterim barchasi joyida ekanligi va unga kasalxonadan javob berishganini aytmagunicha havotir olib o'tirdim. Menda raqibimga ataylab zarar etkazish maqsadi bo'lmaydi. 

Vesti.kz saytidan tarjima qilindi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
05 okt 09:57:34
Shovkat
Omadini bersn chroyli ğalabala kutb qolamz
   
05 okt 07:44:29
Judo 1
Monstr haqida qozoqlarning koplab saytlarida e'tibor qaratib yozishmoqda
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing