04 avg 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov yulduz bokschidan mag'lubiyatni qabul qilib oldi
Los-Anjelesdagi "BMO Stadium"da katta professional boks oqshomi o'z yakuniga etdi.
Kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Isroil Madrimov uchta vazn toifasida jahon chempioni, vazn toifasidan qati nazar P4P reytingi etakchisi, amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko'tarildi.
12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Bokschimiz jangni ajoyib o'tkazdi. Biroq, yakunda Terens Krouford ochkolar evaziga (112:116, 113:115, 113:115) g'alaba qozondi.
Bu orqali Krouford WBA kamarini qo'lga kiritdi.
Isroil Madrimov esa faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
14:18
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi: Isroil terma jamoalariga 6-turda texnik mag'lubiyat qayd etildi 0
Fikrlar