01 iyu 19:33
Yangiliklar
Issiqko'l shaxmat bo'yicha G'arbiy Osiyo chempionatiga mezbonlik qilyapti FOTOGALEREYA
Musobaqada mezbonlardan tashqari, O'zbekiston, Qozog'iston, SHri-Lanka, O'mon, Bangladesh, Hindiston, FIDE bayrog'i ostidagi Rossiya, Tojikiston hamda Turkmanistondan jami 300 nafarga yaqin bir nechta yosh toifasidagi shaxmatchilar g'oliblik yo'lida dona surishyapti.
Ayni daqiqalarda "Solemar" markazi mezbonlik qilayotgan chempionatda rapid yo'nalishi bo'yicha so'nggi tur uchrashuvlari o'tkazilyapti. Biroz avval esa G'arbiy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. O'zbekiston sharafini 53 nafar shaxmatchimiz himoya qilmoqda.
Yigirma sakkiz nafar hakamlar bahslarni odilona boshqarishyapti. Ular qatorida O'zbekistondan Hasan Turdaliev va Jahongir Kamolov hakamlik qilyapti.
Fikrlar