04 may 13:19
Yangiliklar
Dzyudo
Istanbul Junior European Cup 2026 turnirini 4 ta medal bilan 4-o'rinda yakunladik!
Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilgan va dunyoning 27 davlatidan kelgan 500 nafardan ziyod dzyudochi qatnashgan Istanbul Junior European Cup 2026 turniri o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning ikkinchi kuni o'rta va og'ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. +100 kg vazn toifasidagi vakilimiz Fazliddin Rafikov barcha raqiblarini mag'lub etib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Fazliddin turnir doirasida Rossiya, Niderlandiya, Yaponiya va Ozarbayjon dzyudochilaridan ustun keldi.
Terma jamoamiz azolaridan Arapbay Daurbaev (-60 kg), Sabina Azamatova (-52 kg) kumush, Xushnud Sultonov (-60 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi. Bitta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 27 davlat orasida 4-o'rinni egalladi.









Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar