11 okt 08:07
Yangiliklar
Futbol
Istedodlarni kashf etayotgan Junior Star yuqori marralarni ko'zlamoqda
Yurtimizda bolalar futboliga qaratilayotgan etibor kundan-kunga o'zgarib boryapti.
Bu borada xususiy klublarning ochilayotgani ham muhim omillardan biri bo'lmoqda. Buning natijasida raqobat yuzaga kelyapti. Xususiy klublar Toshkent shahar chempionatida ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok eta boshlashdi.
Ana shunday yosh jamoalardan biri - Junior Star! Tashkil etilganiga hali ko'p vaqt bo'lmasa-da, aytishga arzigulik yutuqlarga qo'lga kiritila boshlandi. Xatto "Yosh yulduzchalar" "Paxtakor" jamoasidagi tengqurlarini ham mag'lub etishning uddasidan chiqishyapti.
Junior Star tarbiyalanuvchilari xalqaro musobaqalarda ham g'olib va sovrindor bo'lishyapti. Jamoa rahbarlari kelasi yil mamlakatimizning bir nechta viloyatlarida klub filiallarini ochish rejalashtirishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar