13 dek 15:44
Yangiliklar
Tennis

Istomin "Australian Open" promoroligidan o'rin oldi, Jokovich esa yo'q
"Australian Open" matbuot xizmati turnirga atalgan promorolikni taqdim etdi.
30-sekundlik rolikda 2017 yilgi turnirning eng qiziqarli vaziyatlari o'rin olgan.
Rolikda hamyurtimiz Denis Istominning xursandchiligi aks etgan holat ham o'rin olgan. Musobaqada tennischimizga yutqazib qo'ygan, ushbu turnirning olti karra g'olibi hisoblangan Novak Jokovich esa ushbu rolikda ko'rinmaydi.
SHuningdek, rolikda Rojer Federer, Rafael Nadal, Endi Marres, opa-singil Uilyams va boshqa tennischilarni ko'rishimiz mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar