26 apr 07:50
Yangiliklar
Tennis

Istomin Barselonadagi turnirning ilk davrasida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin jarohat sabab deyarli bir oy davom etgan tanaffusdan so'ng aynan Barselonadagi turnirda yana katta tennisga qaytdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 2 million 373 ming 330 evroni tashkil qiladi. Istomin kecha oqshom birinchi davra uchrashuvida koreyalik Xyon CHangga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, 1 soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda hamyurtimiz raqibiga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi CHang ikkinchi davrada germaniyalik Filipp Kolshrayber bilan to'qnash keladi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin kuni kecha elon qilingan dunyo reytingida 73, CHang esa 94-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar