22 may 12:19
Yangiliklar
![](/upload/storage/13065_220.jpg)
Istomin bir pog'onaga yuqoriladi, Fayziev o'z o'rnida
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan bir pog'onaga yuqoriladi - 81-o'rin. Ikkinchi raketkamiz Sanjar Fayziev o'z o'rnini saqlab qoldi.
Dunyo tennischilari reytingini hamon britaniyalik Endi Marrey katta farq bilan boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikdan serbiyalik Novak Jokovich hamda shveycariyalik Sten Vavrinka joy olgan.
TOP-10talikda bitta o'zgarish kuzatildi. Rimdagi turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan 20 yoshli germaniyalik Aleksandr Zverev 17-pog'onadan 10-o'ringa ko'tarilib oldi.
Reytingdagi eng kuchli 10 nafar tennischi va o'zbekistonlik sportchilarning o'rinlari quyidagicha ko'rinish olgan:
ATP reytingi. (22 may kungi holat):
1 (1). Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – 10370
2 (2). Novak Jokovich (Serbiya) – 7445
3 (3). Sten Vavrinka (SHveycariya) – 5445
4 (4). Rafael Nadal (Ispaniya) – 5375
5 (5). Rojer Federer (SHveycariya) – 5035
6 (6). Milosh Raonich (Kanada) – 4360
7 (7). Dominik Tim (Avstriya) – 4145
8 (8). Marin CHilich (Xorvatiya) – 3765
9 (9). Key Nisikori (Yaponiya) – 3560
10 (17). Aleksandr Zverev (Germaniya) – 3150...
81 (82). Denis Istomin (O'zbekiston) 649
301 (301). Sanjar Fayziev (O'zbekiston) 161
422 (418). Temur Ismoilov (O'zbekiston) 98
878 (875). Farrux Do'stov (O'zbekiston) 16
908 (906). Jo'rabek Karimov (O'zbekiston) 14
923 (921). Alan Gajiev (O'zbekiston) 13
950 (952). Humoyun Sultonov (O'zbekiston) 12...
Fikrlar