21 mar 13:00
Yangiliklar
Tennis

Istomin bu hafta qaysi turnirda qatnashadi?
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bu hafta ham AQSHdagi turnirda ishtirok etadi.
Bu hafta Mayamida "Masters" turkumidagi turnir bo'lib o'tadi. Hamyurtimiz ushbu musobaqadagi ishtirokini asosiy bosqichda, rossiyalik Andrey Kuznecovga qarshi boshlaydi.
Sportchimiz ayni paytda reytingda 70-o'rinni egallab turibdi. 28 yoshli Kuznecov esa hamyurtimizdan ikki pog'ona yuqorida joylashgan. Tennischilar bungacha ikki marotaba o'zaro to'qnashganlar. Ularning ikkisida ham Istominning qo'li baland kelgan. Ushbu bahs 22 mart kuni taxminan 22:00 da boshlanadi.
Mazkur to'qnashuv g'olibi ikkinchi davrada xorvatiyalik Ivo Karlovichga qarshi kortga chiqadi. Karlovich turnirning 17-raqamli tennischisi sifatida saralangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar