19 fev 03:21
Yangiliklar
Tennis

Istomin Delrey-Bichda kuchli raqibni mag'lub etdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin AQSHning Delrey-Bich shahrida start olgan nufuzli ATP turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Hamyurtimiz o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan boshladi. U bir necha daqiqa avval birinchi bosqichda ispaniyalik Felisiano Lopesga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 41 daqiqa davom etgan uchrashuvda Denis kuchli raqibini 7:6(5), 6:2 hisobida dog'da qoldirdi.
Etiborlisi, Istomin faoliyatida ilk bor ispaniyalik raketka ustasidan ustun keldi. Bundan avvalgi uchta bahsda Lopesning qo'li baland kelgan edi. Hamyurtimiz ayni paytda ATP reytingida 102, Lopes esa 67-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar