23 noy 14:35
Yangiliklar
Tennis

Istomin dunyoning 350-raketkasini mag'lub etdi
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir davom etmoqda.
Hozirgina Astana Challenger “Capital Cup” turnirining ikkinchi raketkasi bo'lgan Denis Istomin ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi turkiyalik Kem Ilkelga qarshi kortga chiqdi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 142, Ilkel esa 350-o'rinni egallab turibdi. Ikki set davom uchrashuvda hamyurtimiz raqibini 6:4 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar