22 noy 16:51
Yangiliklar
Tennis

Istomin dunyoning 445-raketkasini qiyinchilik bilan engdi
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir davom etmoqda.
Hozirgina Astana Challenger “Capital Cup” turnirining ikkinchi raketkasi bo'lgan Denis Istomin ilk davra uchrashuvini o'tkazdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin chexiyalik Robin SHtanekka qarshi kortga chiqdi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 142, SHtanek esa 445-o'rinni egallab turibdi. Uch set davom uchrashuvda hamyurtimiz raqibini qiyinchilik bilan 6:0, 6:7, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar