05 may 12:20
Yangiliklar
Tennis
Istomin Franciyadagi turnirda, u 4-raqam ostida saralandi
Ertaga Franciyaning Eks-an-Provans shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir start oladi.
"CHellenjer" turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etadi. Tennischimiz turnirda to'rtinchi raqam ostida saralangan va o'z ishtirokini ikkinchi davradan boshlaydi.
Hamyurtimiz ikkinchi bosqichda Ximeno Traver - Xassan uchrashuv g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar