22 may 18:56
Yangiliklar
Tennis

Istomin Lion turnirining ilk davrasida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Franciyaning Lion shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini boshladi.
Hamyurtimizning birinchi davradagi raqibi avstraliyalik Tanasi Kokkinakis bo'ldi. Bir soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Istomin raqibini 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 81-o'rinni egallab turibdi. Avstraliyalik 21 yoshli tennischi esa bir necha oy mobaynida jarohati sabab turnirlarda qatnasha olmadi. SHu sababli ham, uning hozircha reytingdagi o'rni yo'q.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar