20 iyu 14:10
Yangiliklar
Istomin reytingda o'zidan 161 pog'ona yuqoridagi raqibni engdi
Mukofot jamg'armasi 53 120 dollarni tashkil qiluvchi "Nur-Sultan Challenger 80" turnirida hamyurtimiz Denis Istomin ham o'z mahoratini namoyish etyapti.
Hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra uchrashuvida hamyurtimiz ukrainalik Ilya Marchenkoni 6/4, 7/6(9) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Istomin ATR reytingida 449, Marchenko esa 288-o'rinni egallab turibdi. Bugun tennischilar o'zaro 8-uchrashuvni o'tkazishdi. Hisob - 4:4!
Istomin - Marchenko uchrashuvi 1 soatu 53 daqiqa davom etdi. Ilya 7 ta, Denis esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi hamyurtimiz turnirning 1/4 final uchrashuvida qozog'istonlik Beybit Jukaevga qarshi kortga chiqadi.
ATP reytingida 507-pog'onada borayotgan Jukaev biroz avval 2 soatu 35 daqiqa davom etgan ikkinchi bosqich bahsida dunyoning 437-raketkasi bo'lib turgan isroillik Daniel Sukermanni 6/4, 5/7, 7/6(4) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Fikrlar