06 jan 14:21
Yangiliklar
Tennis

Istominni mag'lub etgan tennischi finalda Kiros bilan o'ynaydi
Brisbendagi turnirning chorak finalida tennischimiz Denis Istomin amerikalik Rayan Xarrisonga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Bugun Xarrison yarim finalda mezbon tennischi Aleks De Minaurga qarshi o'yin o'tkazdi. 2 soat 27 daqiqa davom etgan bahsda u raqibini 4:6, 7:6, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi Xarrison bosh mukofot uchun Grigor Dimitrovni mag'lub etgan boshqa bir avstraliyalik tennischi Nik Kirosga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar