04 jan 15:54
Yangiliklar

Istominning Brisben turniri chorak finalidagi raqibi malum
Turnirda ishtirok etayotgan mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis bugun ushbu musobaqadagi ikkinchi uchrashuvida ham g'alabaga erishgandi. Hamyurtimiz amerikalik Jared Donaldsonni 1 soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda 7:6(7:5), 6:2 hisobida dog'da qoldirgan edi.
Endi Istomin chorak final uchrashuvida yana bir amerikalik tennischi Rayan Xarrisonga qarshi kortga chiqadi. Rayan bugun germaniyalik Yannik Ganfmanni 6:7(5), 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Donaldson dunyo reytingida 54, Istomin 63-pog'onadan joy olgan. Tennischimiz birinchi davrada taslim etgan Damir Jumxur ATP reytingida 30-o'rinni band etgandi. Denisning ertangi raqibi Xarrison esa 47-pog'onani egallab turibdi.
Fikrlar