27 fev 11:25
Yangiliklar
Tennis

Istominning yomg'ir sabab qoldirilgan o'yini boshlanish arafasida
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirning saralash bahslarida ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz kecha saralashning final uchrashuvida kortga chiqishi kerak edi. Lekin Dubayda yoqqan yomg'ir sabab bu bahs bugunga qoldirilgandi. Birozdani so'ng Istomin asosiy to'rga yo'llanma uchrashuvda vengriyalik 25 yoshli Martin Fuchovichga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, saralashda birinchi raqam ostida tasniflangan Istomin dunyo reytingida 70, Fuchovich esa 145-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar