16 okt 08:40
Yangiliklar
![](/upload/storage/20920_220.jpg)
Italiya. Ikardining bir o'zi "Milan"ni taslim etdi
Bahsning 28-daqiqasida Mauro Ikardi ajoyib gol urib hisobni ochdi - 1:0. Ikkinchi taymda Suso juda chiroyli gol urdi va hisob tenglashdi - 1:1. Oradan ko'p o'tmay mehmonlar Ikardidan navbatdagi shedevr golni qabul qilib olishdi - 2:1.
Uchrashuvning 80-daqiqasida Bonaventura ikkinchi bor hisobni tenglashtirdi - 2:2. Bahsning 89-daqiqasida Mauro Ikardi penaltidan gol urib xet-trigini nishonladi - 3:2.
O'yinda boshqa gol urilmadi va "Inter" Milan derbisida g'olib chiqdi.
Inter – Milan 3:2
Juzeppe Meacca (San-Siro) stadioni
Gollar: 1:0 – 28 Ikardi, 1:1 – 56 Suso, 2:1 – 63 Ikardi, 2:2 – 81, avtogol Xandanovich, 3:2 – 89 penalti Ikardi.
Inter – Xandanovich, Nagatomo, Miranda, D`Ambrozio, SHkrinyar, Perishich, Galyardini, Kandreva (Joau Kanselu, 73), Valero (Eder, 85), Vesino, Ikardi (Santon, 90).
Milan – Donnarumma, Romanoli (Lokatelli, 78), Musakko, Bonuchchi, Rodriges, Bonaventura, Kessie (Kutrone, 46), Borini, Bigliya, Suso, Andre Silva.
Ogohlantirishlar: Miranda (15), Romanoli (22), Vesino (25), Galyardini (66), Perishich (79).
Fikrlar