29 jan 07:17
Yangiliklar

Italiya kubogi. "Milan"da qiyin g'alaba + VIDEO
Unda "Milan" klubi "San-Siro"da Turinning "Torino"sini qabul qildi. O'yin ancha qiziqarli ruhda o'tdi. Dastlab, hisobni "Milan" ochdi, keyin Bremer 2ta gol urib, turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. So'nggi daqiqalarda mezbonlarning turkiyalik xavbeki Xakan CHalxanoglu hisobni tenglashtirib, qo'shimcha bo'limlarga murojaat etilishini taminladi.
Qo'shimcha bo'limlarda CHalxanoglu va Ibragimovich tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarga yarim final chiptasini tortiq etdi. Bu g'alaba CHalxanogluning xizmatlari salmoqli bo'ldi. Turkiyalik futbolchi ikki bor o'zining kuchli zarbasi bilan o'z jamoasini qiyin vaziyatdan olib chiqib ketdi.
Milan – Torino 4:2
"Juzeppe Meacca (San-Siro)" stadioni
Gollar: 1:0 – 12 Bonaventura, 1:1 – 34 Bremer, 1:2 – 71 Bremer, 2:2 – 90 CHalxanoglu, 3:2 – 106 CHalxanoglu, 4:2 – 108 Ibragimovich.
Milan – Donnarumma, Konti, Teo, Ker, Romanoli, Kastilexo, Bonaventura (Rafael Leau, 76), Bennaser, Krunich (CHalxanoglu, 82), Rebich (Kessie, 105), Piontek (Ibragimovich, 65).
Torino – Sirigu, de Silvestri (Laksalt, 112), Icco, Nkulu, Ayna, Verdi, Lukich, Berenger (Milliko, 90), Rinkon (Voynovich, 112), Bremer (Djidji, 82), Belotti.
Ogohlantirishlar: Rinkon (22), Teo (30), Rebich (37), Icco (37), Ker (53), Krunich (74), Konti (93).
TAS-IX
Fikrlar